mo‘min bo‘lsangizlar, Allohdan qo‘rqinglar», deb javob qildi.
113. Ular dedilar: «Biz (faqatgina) u dasturxondan yeyishni va ko‘ngillarimiz
taskin topishini hamda sening rost so‘zlaganingni aniq bilib, u dasturxonga
guvohlik beruvchilardan bo‘lishni istaymiz».
114-115. (Shunda) Iyso binni Maryam: «Ey Tangrim, Parvardigor, bizga
osmondan bir dasturxon nozil qilginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram va
Sening oyat-mo‘‘jizang bo‘lib qolgay. Bizni (shu ne’matdan) bahramand qilgil.
O’zing eng yaxshi rizq berguvchisan», deganida, Alloh aytdi: «Men uni sizlarga
tushirguvchiman. Ammo shundan keyin sizlardan kimda-kim kofir bo‘lsa, uni
shunday azobga giriftor qilamanki, butun olamlardan biron odamni unday
azoblamagayman».
Do'stlaringiz bilan baham: |