ketsa, Allohga biron ziyon yetkaza olmas, (balki faqat o‘ziga zarar qiladi,
xolos). Alloh esa (yo‘llaridan qaytmay) shukr qilguvchi bandalarini munosib
mukofotlaydi.
145. Har bir jon faqat Allohning izni bilan va aniq belgilab qo‘yilgan muddatda
o‘ladi.
I z o h.
Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: qo‘rqoqlik umrni uzaytirmaydi, shijoat
esa uni qisqartirmaydi. Har qanday tadbir-ehtiyotkorlik Tangrining qazo va qadarini
o‘zgartirmaydi. Bas, nima sababdan haq yo‘lidagi kurashdan qochmoqchi bo‘lasiz?
Kim dunyo savobini istasa (ya’ni faqat o‘lja istab jangga kirsa) unga o‘sha
istagan narsasini berurmiz. Kim oxirat savobini istasa, unga-da, istagan
narsasini berurmiz. Va shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |