ku?! Aql yurgizmaysizlarmi?!
66. Hoy (yahudiy va nasroniylar) sizlar biladigan narsalaringiz (Muso va Iyso
payg‘ambarlar) haqida-ku talashdingiz. Endi nima uchun bilmaydigan
narsangiz (Ibrohimning qaysi dinda bo‘lganligi) xususida talashmoqdasiz?
Alloh bilur, sizlar bilmassiz.
67. Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham emas, balki haq yo‘ldan toymagan
holida (Allohga) itoat qilguvchi kishi bo‘lgan. U mushriklardan ham bo‘lmagan.
68. Odamlarning Ibrohimga yaqinrog‘i uning yo‘liga ergashgan zotlar, mana bu
payg‘ambar (Muhammad alayhis-salom) va iymon keltirgan kishilardir. Alloh
mo‘minlarning do‘stidir.
69. Ahli kitobdan bir toifasi sizlarni (haq diningizdan) adashtirmoqni xohlaydi.
Lekin ular o‘zlari sezmagan hollarida faqat o‘zlarinigina adashtiradilar, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |