60. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan haq so‘zdir. Bas, shubha
qilguvchilardan bo‘lmang!
61. Endi Sizga kelgan mana shu haq ma’lumotdan keyin (nasroniylardan)
kimda-kim Siz bilan talashib-tortishmoqchi bo‘lsa, (unday kimsalarga) ayting:
«Kelinglar, o‘g‘illarimizni va o‘g‘illaringizni, ayollarimiz va ayollaringizni,
o‘zlarimizni va o‘zlaringizni chorlab-yig‘aylik, so‘ngra Allohga tazarru’ bilan
iltijo qilaylik-da, yolg‘onchilarni Alloh la’nat qilishini so‘raylik».
I z o h .
Mazkur oyatda Muhammad payg‘ambarga Isoni xudo deb biluvchi kimsalar agar
Qur’on oyatlariga ishonmasalar, yolg‘onchilarga Allohning la’natini so‘rab, qasam
ichishlikka taklif qilish buyurildi. Roviylarning aytishlaricha, bironta nasroniy kelib,
qasam ichishga jur’at etmagan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |