bo‘lsa (ana o‘sha kishi Allohning suygan bandasidir). Zero, Alloh taqvo
qilguvchi kishilarni sevadi.
77. Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib
yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir. Qiyomat
kunida Alloh ularga so‘z qotmaydi, rahmat nazari bilan boqmaydi va
gunohlaridan poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir.
78. Ulardan (yahudiylardan) yana bir guruhi borki, sizlar Kitobdan (Tavrotdan)
bo‘lmagan narsani Kitobdan deb o‘ylashingiz uchun Tavrot kitobini tillarini
burab (buzib-o‘zgartirib) o‘qiydilar va Allohning huzuridan kelmagan
(o‘zlarining so‘zlarini) «Allohning huzuridan kelgan», deydilar. Ular bilib turib
Alloh haqida yolg‘on so‘zlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |