biror yordamchi yo‘qdir.
23. (Ey Muhammad), Kitobdan (Tavrotdan) nasibador bo‘lgan kimsalar
oralarida hakamlik qilsin uchun Allohning Kitobiga chaqirilganlarni, so‘ngra
ulardan bir guruhi yuz o‘girgan hollarida burilib ketganlarini ko‘rmadingizmi?
I z o h.
Rivoyat qilishlaricha, yahudiylar o‘zlaridan bo‘lgan ikki zinokorni payg‘ambar
alayhis-salomning huzurlariga keltirib, hukm qilishlarini so‘rashganda u zot toshbo‘ron
qilishga buyurganlar. Ular esa: «Bizning dinimizda zinokorni yuziga qora chaplab, ko‘cha
aylantiriladi», deb turib oladilar. Shunda Tavrot kitobini keltirib ko‘rishsa, unda ham
toshbo‘ron qilish buyurilgan bo‘lib chiqadi va jinoyatchilar qilmishlariga yarasha jazo
oladilar. Bu hukmdan norozi bo‘lgan yaxudiylar yuz o‘girib chiqib ketganlarida yuqoridagi
oyat nozil bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |