14. Odamlarga ayollar, bolalar, tuganmas oltin-kumush boyliklar, (qimmat)
baholi otlar, chorva va ekin-tikinlar kabi istak-xohishlarga ko‘ngil qo‘yish
chiroyli qilindi. Holbuki, bu narsalar hayoti dunyoning (o‘tkinchi) narsalaridir.
Allohning huzurida esa eng go‘zal qaytadigan joy — jannat bordir. (Ya’ni
o‘tkinchi narsalarga ko‘ngil bermay, haqiqiy go‘zallikni sevmoq lozim).
15-16-17. Ayting (ey Muhammad): «Sizlarga bulardan yaxshiroq narsa haqida
xabar beraymi? Taqvodor kishilar uchun Parvardigorlari huzurida ular abadiy
qoladigan, taglaridan daryolar oqib turguvchi bog‘lar, pokiza juftlar va
Allohning rizoligi bor. Alloh «Parvardigoro, bizlar senga iymon keltirganmiz,
bas, gunohlarimizni mag‘firat ayla va bizni jahannam azobidan asra!» —
deydigan sabr-qanoatli, iymonlariga sodiq, ibodat-itoatli, infoq-ehsonli bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |