28. (Modomiki, barcha ish – butun mulk Allohning qo‘lida ekan, demak)
Mo‘minlar mo‘minlarni qo‘yib, kofirlarni do‘st tutmasinlar! Kim shunday qilsa,
bas, Allohga hech narsada emas (ya’ni Allohga begonadir). Magar ulardan
ehtiyot bo‘lib tursalaringiz (yuzaki muomala qilsangiz joizdir), Alloh sizlarni
O’zining (azobidan) ogoh qilur. Va faqat Allohga qaytajaksiz.
29. Ayting (ey Muhammad): «Dillaringizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor
qiling, Alloh bilur. Va (shuningdek, U zot) osmonlar va yerdagi bor narsani
bilur. Alloh hamma narsaga qodirdir».
30. Har bir jon o‘z qilgan yaxshi amallarini hoziru nozir holda ko‘radigan,
yomon amallarining esa olis-olislarda kolib ketishini istaydigan KUNni
(eslanglar)! Alloh sizlarni O’zining (azobidan) ogoh qilur. Alloh bandalariga
Do'stlaringiz bilan baham: |