270. Infoq qilgan har bir nafaqangiz va nazr qilgan har bir nazringizni
shubhasiz Alloh biladi. Va (infoq-ehson qilmaydigan) zolimlar uchun hech
qanday yordamchi yo‘qdir.
271. Agar sadaqalarni oshkora holda bersangiz, juda yaxshi. Va agar maxfiy
qilib, faqir-kambag‘allarga bersangiz – bu o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir.
Va qilgan gunohlaringizga kafforat bo‘ladi. Alloh qilayotgan amallaringizdan
xabardordir.
272. Ularni hidoyat qilish Sizning zimmangizda emas (ey Muhammad). Balki
Alloh o‘zi istagan kishilarni hidoyat qiladi. Qanday yaxshilik (mol) infoq-ehson
qilsangizlar, bas, o‘zingiz uchundir. Faqat Alloh yuzini istab yaxshilik infoq-
ehson qilingiz! Qilgan har bir yaxshiligingiz sizlarga zulm qilinmagan holida
Do'stlaringiz bilan baham: |