275. Sudxo‘r bo‘lgan kimsalar (qiyomat kunida qabrlaridan) turmaydilar,
magar jin chalgan majnun kabi turadilar. Bunga sabab ularning: «Bay’ (oddi-
sotdi) ham sudxo‘rlikning o‘zi-ku?» — deganlaridir. Holbuki, Alloh bay’ni halol,
sudxo‘rlikni harom qilgan. Bas, kimga Parvardigoridan mav’iza — nasihat
yetgach (sudxo‘rlikdan) to‘xtasa, u holda avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi
Allohga (topshiriladi). (Ya’ni O’zi xohlasa afv qilar). Va kim (sudxo‘rlikka)
qaytsa, o‘shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar.
276. Alloh sudxo‘rlikning (foydasini) yo‘q qiladi va sadaqalarning (foydasini)
ziyoda qiladi. Alloh har qanday (sudxo‘rlikni halol deb biladigan) ko‘rnamakni
va (sudxo‘rlik qiladigan) jinoyatchini sevmaydi.
277. Albatta iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan va namozni to‘kis ado qilib,
Do'stlaringiz bilan baham: |