beradi. Alloh (fazlu karami) keng, bilguvchidir.
262. Mollarini Alloh yo‘lida sarflab, so‘ngra bergan narsalaricha minnat va
ozorni ergashtirmaydigan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ulug‘ ajr
bordir. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar.
263. Yaxshi gap va kechirish — ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroq.
Alloh behojat va haliymdir.
264. Ey mo‘minlar, molini odamlarga ko‘rsatish uchun beradigan, Allohga va
oxirat kuniga ishonmaydigan kimsaga o‘xshab, bergan sadaqalaringizni minnat
va ozor bilan yo‘qqa chiqarmang! Zero uning (riyokorning) misoli xuddi bir
ustini chang-tuproq qoplab olgan silliq toshga o‘xshaydiki, unga sharros
quygan yomg‘ir tekkan-da, qattiq-silliq toshligicha qoldirgan. (Unday riyokor)
Do'stlaringiz bilan baham: |