(jannatning) yeriga mening solih bandalarim voris bo‘lurlar», deb yozib
qo‘ygandirmiz.
106. Albatta mana shu (Qur’onda) ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli narsa
bordir.
107. (Ey Muhammad), darhaqiqat Biz sizni barcha olamlarga faqat rahmat
(ya’ni Allohning rahmati-jannatiga yetaklaguvchi) qilib yubordik.
108. Ayting: «Menga faqat (Sizning) ilohingiz yakka yagona iloh ekani vahiy
qilinur. Bas, sizlar (vahiyga) bo‘yinsunuvchimisizlar?»
109. Endi agar yuz o‘girsalar, u holda ayting: «Men sizlarning (barchangizga
hech kimni ayirmay menga nozil bo‘lgan vahiyni) eshitdirdim. Sizlarga va’da
qilingan (qiyomat kunidagi azobni) yaqin yo yiroqligini esa bilmasman».
110. Albatta U zot so‘zning oshkorasini ham bilur, sizlar berkitadigan so‘zlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |