89. Zakariyoning: «Parvardigorim, meni yolg‘iz holda tashlab qo‘yma (ya’ni
menga O’z dargohingdan bir merosxo‘r farzand ato et), O’zing vorislarning
yaxshirog‘idirsan (ya’ni hammaning ortida qolguvchidirsan) deb nido qilgan
paytini (eslang).
90. Bas Biz uning (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni hadya etdik
hamda juftini o‘nglab (tug‘maydigan kampirni bola ko‘rishga qodir qilib)
qo‘ydik. Darhaqiqat ular (ya’ni mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga
shoshar va Bizga rag‘bat va qurquv bilan duo-iltijo qilar edilar. Ular Bizga
ta’zim-itoat qilguvchi edilar.
91. Yana o‘z nomusini saqlagan ayolni (ya’ni Maryamni eslang). Bas, Biz O’z
tarafimizdan bo‘lgan ruhni unga pufladik (va u Isoga homilador bo‘ldi) va uni
Do'stlaringiz bilan baham: |