123. So‘ngra (Biz, ey Muhammad), sizga haq yo‘ldan toyilmagan Ibrohimning
diniga ergashing, u mushriklardan emas edi, deb vahiy yubordik.
124. «Shanba» (u kunni ulug‘lash) faqatgina u kun haqida ixtilof qilgan
kimsalarning (ya’ni, yahudiylarning) ustiga (farz) qilingandir. Albatta,
Parvardigoringiz qiyomat kunida ularning o‘rtasida o‘zlari ixtilof qilib o‘tgan
narsalar to‘g‘risida hukm qilur.
I z o h . Yahudiylar: «Muhammad Ibrohimning diniga qarshi chiqdi, Ibrohim
shanba kunini ulug‘lar edi, Muhammad esa juma ulug‘ kun deydi», dedilar.
Shunda shanba kunini ulug‘lash Ibrohim alayhis-salomning dinlarida
bo‘lmaganini ta’kidlab, ushbu oyat nozil bo‘ldi.
125. (Ey Muhammad), Parvardigoringizning yo‘li — diniga donolik, hikmat va
chiroyli pand-nasihat bilan da’vat qiling! Ular (siz bilan talashib-tortishadigan
Do'stlaringiz bilan baham: |