116. Alloh sha’niga yolg‘on to‘qish uchun (ya’ni, Alloh buyurmagan hukmlarni
Allohniki deyish uchun) tillaringizga kelgan yolgonni gapirib: «Bu halol, bu
harom», deyavermanglar! Chunki Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar
hech najot topmaslar.
117. (Unday kimsalar uchun bu hayoti dunyoda) ozgina foyda bo‘lur. (Oxiratda
esa) ular uchun alamli azob bordir.
118. (Ey Muhammad), yahudiy bo‘lgan kimsalarga ilgari (An’om surasida) sizga
so‘zlab bergan narsalarni harom qildik. Biz ularga zulm qilmadik, balki ular
o‘zlariga (o‘zlari) zulm qilguvchi bo‘ldilar.
119. So‘ngra (biling-ki), albatta Parvardigoringiz, bilmagan holda yomonlik —
gunoh qilib qo‘yib, keyin tavba qilgan va o‘zlarini tuzatgan kishilar uchun,
Do'stlaringiz bilan baham: |