Albatta bu kitob xususida talashib-tortishadigan kimsalar hech qachon (haq
bilan) kelisha olmaydilar.
177. Yuzlaringizni Mashriq va Mag‘rib tomonlariga buraverishingiz yaxshilik
emas, balki Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga, payg‘ambarlarga
iymon keltirgan, o‘zi yaxshi ko‘rib turib molini qarindosh-urug‘lariga, yetim-
esirlarga, miskin-bechoralarga, yo‘lovchi-musofirlarga, tilanchi-gadolarga va
qullarni ozod qilish yo‘lida beradigan, namozni to‘kis ado qilib, zakotni
beradigan kishi va ahdlashganlarida ahdlariga vafo qilguvchilar va xususan
og‘ir-engil kunlarda va jangu jadal paytida sabr-toqat qilguvchilar yaxshi
kishilardir. Ana o‘shalar chin iymonli kishilardir va ana o‘shalar asl
taqvodordirlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |