hammasida) aqlli kishilar uchun oyat-alomatlar bordir.
165. Odamlar orasida shunday kimsalar borki, ular o‘zgalarni Allohga teng
bilib, ularni Allohni sevgandek sevadilar. Iymonli kishilarning Allohga bo‘lgan
muhabbatlari qattiqroqdir. Bunday zolimlar azobga ro‘baro‘ bo‘ladigan
zamonlarida (qiyomat kunida) butun kuch-qudrat Allohniki bo‘lishini va
Allohning azobi qattiq azob ekanini bilsalar edi.
166. U kunda peshvolar ergashuvchilardan tonadilar va hammalari azobni
(ko‘zlari bilan) ko‘radilar. (U kunda ularni bog‘lab turadigan) bahonayu
sabablar uziladi.
167. Ergashuvchilar: «Qaniydi, yana bir karra (yashashning) iloji bo‘lsa-yu,
ular bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonsak», deydilar. Shunday qilib,
Alloh taolo ularning qilgan amallarini o‘zlariga hasrat-nadomat qilib ko‘rsatadi
Do'stlaringiz bilan baham: |