mehribonrog‘idir».
65. Qachonki ular (olib kelgan) yuklarini ochib ko‘rishgach, (oziq-ovqatga
almashtirib kelish uchun olib borgan) narsalarini o‘zlariga qaytarilganini ko‘rib
dedilar: «Ey ota, mana narsalarimiz o‘zimizga qaytarilibdi. Yana nimani
istaymiz?» (Endi sen bizlarga inimizni ham qo‘shib yuborsang), yana oilamizga
oziq-ovqat keltirurmiz, inimizni muhofaza qilib (borib kelurmiz) va (inimiz
uchun ham) bir tuya yukni ortiqroq olurmiz. Bu (misrlik saxiy hokim nazdida)
ozgina narsadir».
66. Ya’qub aytdi: «Agar (qaroqchilar yo boshqa to‘siqlarga duch kelib) mag‘lub
bo‘lib, halokatga uchramasangizlar, albatta uni (Binyaminii) mening oldimga
keltirishingiz haqida Allohdan vasiqa keltirmasangizlar, (ya’ni Alloh nomiga
Do'stlaringiz bilan baham: |