amal qilguvchi zotlarni mana shunday mukofotlaymiz.
23. U (Yusuf) uyida bo‘lgan ayol (ya’ni, Zulayho, uning husnu malohatiga
oshiqi beqaror bo‘lib) uni yo‘ldan urmoqchi bo‘ldi. Eshiklarni mahkam berkitib
«kelaqolgin», deganida, (Yusuf) aytdi: «Alloh saqlasin. Axir u (ya’ni, ering)
menga yaxshi joylar bergan hojam-ku! Albatta, zolim kimsalar (ya’ni,
zinokorlar) aslo najot topmaslar».
24. Haqiqatan, (Zulayho) unga (ya’ni, Yusufning visoliga) intildi. Agar
Parvardigorining ochiq hujjat-alomatini ko‘rmaganida, (Yusuf) ham unga
(Zulayhoga) moyil bo‘lar edi. Undan (Yusufdan) yomonlik va buzuqlikni
chetlatish uchun mana shunday qildik (ya’ni uni O’z hifzu himoyatimizda
asradik). Zero, u pokiza bandalarimizdandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |