19. (Yusuf quduqqa tashlanganining uchinchi kuni, u ochlikdan azoblanib
yotganida) bir karvon kelib, o‘zlarining suv izlovchilarini (suv keltirgani)
yuborganlarida, u chelakni (quduqqa) tashlagan edi, (suvning o‘rniga chelakka
osilib Yusuf chiqdi. Shunda u): «Suyunchi beringlar, bu bola-ku!» deb yubordi.
So‘ng uni sotiladigan narsalari qatori yashirib qo‘ydilar. Alloh ularning
qilayotgan amallarini bilib turguvchidir.
20. (Keyin, karvon Misrga yetib kelgach), uni arzon bahoda — bir necha
tangaga sotib (Chunki) ular (Yusufga) qiziqmagan edilar.
I z o h.
Karvonning Yusufni arzon bahoda sotib yuborganiga yana bir sabab, uning egasi
chiqib qolishidan qo‘rqishgani edi. Ammo Yusuf bir balodan — chohdan qutulib, ikkinchi
baloga – tutqunlik, qullikka tutildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |