149. Qaysi tarafdan chiqsangiz, yuzingizni Masjid-al-harom tomonga buring! U
shubhasiz Parvardigoringiz (buyurgan) haq (qibla)dir. Va Alloh qilayotgan
amallaringizdan g‘ofil emasdir.
150. Qaysi tarafdan chiqsangiz, yuzingizni Masjid-al-harom tomonga buring! Va
qaerda bo‘lsangizlar (ey mo‘minlar), yuzlaringizni o‘sha tomonga buring! Toki
(ayrim) odamlar uchun sizlarning ustingizda hujjat bo‘lib qolmasin. Lekin
ularning ichida zulm qilguvchilar ham borki, sizlar ulardan qo‘rqmangiz.
Mendan qo‘rqingiz! Va toki sizlarga ne’matimni komil qilib berishim va to‘g‘ri
yo‘lga hidoyat topishingiz uchun shunday qilingiz.
I z o h .
Yahudiylar: «Nega Muhammad dini boshqa bo‘la turib bizning qiblaga —
Quddusga qarab ibodat qiladi?», mushrik arablar esa: «Muhammad Ibrohimning
dinidaman, deb da’vo qiladi-yu, o‘zi yahudiylarning qiblasiga qarab namoz o‘qiydi»,
demasinlar uchun musulmonlarga qaerda bo‘lsalar ham faqat Masjid-al-harom tomonga
yuzlanib namoz o‘qish buyurildi.
151. Shuningdek, sizlarga o‘zlaringizdan bo‘lgan, sizlarga Bizning oyatlarimizni
Do'stlaringiz bilan baham: |