143. Shuningdek (ya’ni haq yo‘lga hidoyat qilganimiz kabi), sizlarni boshqa
odamlar ustida guvoh bo‘lishingiz va payg‘ambar sizlarning ustingizda guvoh
bo‘lishi uchun o‘rta (adolatli) bir millat qildik.
I z o h .
Rivoyatlarga qaraganda, Tangri taolo qiyomat kunida har bir payg‘ambarni o‘z
ummatlari bilan ro‘baro‘ qilib, ulardan: «Bu payg‘ambarim sizlarga mening amru
farmonlarimni to‘la yetkazdimi?» — deb so‘raganida, ular: «Yo‘q», deb javob qilishar,
payg‘ambar esa: «Yetkazganman», der ekan. Undan guvoh so‘ralganida: «Muqammad
alayhis-salom va u zotning ummatlari guvohlarimdir»,— deydi. Shunda Muhammad
payg‘ambarni ummatlari bilan hozir qilinib; «Mana bu payg‘ambar o‘z vazifasini to‘la ado
etganmi?» - deb so‘ralganida, ular: «Ha, o‘tgan barcha payg‘ambarlar o‘z elchilik
burchlarini to‘la ado etganlar. Bizga bu haqda payg‘ambarimiz Muhammad alayhis-salom
xabar keltirganlar»,— deyishadi. Shuning uchun mazkur oyatda musulmonlarga qarata:
«Odamlar ustida guvoh bo‘lasiz»,— deyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |