1. Alif, Lom, Ro. Bu hikmatli Kitob oyatlaridir.
2. Bu odamlar uchun o‘zlaridan bo‘lgan bir kishiga (ya’ni, Muhammad alayhis-
salomga, kofir) kimsalarni (Allohning azobidan) ogohlantiring, iymon keltirgan
zotlarga esa ular uchun Parvardigorlari huzurida azaliy rost martaba borligi
haqida xushxabar yetkazing, deb vahiy yuborganimiz qiziq tuyuldimi?! Kofirlar:
«Darhaqiqat, bu (ya’ni, Muhammad) zo‘r sehrgardir», dedilar.
3. Albatta, Parvardigoringiz osmonlar va yerni olti kunda yaratib, so‘ngra O’z
arshini egallagan Allohdir. U (har bir) ishning tadbirini qilur. (Qiyomat kunida)
biron oqlovchi bo‘lmas, magar Uning iznu irodasidan so‘nggina (oqlay olur).
Ana o‘sha Alloh Parvardigoringizdir, bas, Unga ibodat qilingiz! Axir eslatma-
ibrat olmaysizlarmi?!
Do'stlaringiz bilan baham: |