120. Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan
rozi bo‘lmaydilar. Ayting: «Allohning yo‘ligina haqiqiy yo‘ldir». Qasamki, agar
sizga qelgan haqiqiy bilimdan keyin ularning nafs-havolariga ergashsangiz,
Alloh tarafidan sizga na bir do‘st va na bir yordam berguvchi bo‘lmaydi.
121. Biz kitob (ya’ni Tavrot, Injil) ato etgan zotlar orasida uni to‘g‘ri tilovat
qiladigan kishilar ham bordirki, ana o‘shalar (Qur’onga) iymon keltirurlar. Va
kimda-kim unga (Qur’onga) kofir bo‘lsa, o‘shalar ziyon ko‘rguvchilardir.
122. Ey bani Isroil, sizlarga in’om qilgan ne’matimni va sizlarni butun olamga
afzal qilgan paytimni eslang.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
15
Do'stlaringiz bilan baham: |