164. O’shanda ulardan bir jamoat: “Ne sababdan Allohning O’zi halok etadigan
yoki qattiq azoblaydigan qavmga pand-nasihat qilursizlar?» deganlarida, ular
(ya’ni ikkinchi toifadagi odamlar) aytdilar: «Parvardigoringizga (qiyomat
kunida) uzrimizni aytish uchun va shoyad (ular) Allohdan qo‘rqsalar, deb
(nasihat qilmoqdamiz)».
165. Bas, qachon ular (ya’ni itoatsiz kishilar) o‘zlariga eslatma qilib berilgan
narsani unutishgach, bu gunoh ishdan qaytargan zotlarga najot berdik va zolim
kimsalarni itoatsiz bo‘lganlari sababli qattiq azob bilan ushladik.
166. Endi qachonki o‘zlari qaytarilgan ishdan (qaytmasdan) kibru havo
qilganlaridan keyin ularga: «Badbaxt maymunlarga aylaningiz», dedik.
167. O’shanda Parvardigoringiz albatta ularning ustiga qiyomat kunigacha
Do'stlaringiz bilan baham: |