150. Ayting: «Alloh mana shu (mazkur narsalarni) harom qilganiga guvoxlik
beradigan guvoxlaringizni keltiringiz!» Endi agar ular guvohlik bersalar ham,
siz ular bilan guvoxlik bermang (ya’ni ularning bergan guvoxliklariga
ishonmang)! Va Bizniig oyatlarimizni yolg‘on deydigan, oxiratga iymon
keltirmaydigan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang! Ular
Parvardigorlariga (o‘zgalarni) tenglashtirurlar.
151. Ayting: «Kelinglar, Parvardigoringiz sizlarga harom qilgan narsalarni
tilovat qilib beray. U zotga biron narsani sherik qilmangiz: ota-onaga yaxshilik
qilingiz; bolalaringizni kambag‘allikdan (qo‘rqib) o‘ldirmangiz — Biz sizlarni
ham, ularni ham rizqlantirurmiz — buzuq ishlarning oshkorasiga ham,
maxfiysiga ham yaqinlashmangiz; Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |