iymon keltirgan Allohdan qo‘rqinglar!
89. Alloh sizlarni tillaringizdagi behuda qasamlaringiz sababli jazolamaydi.
Balki (dillaringizdagi) mahkam tuggan qasam sababli (agar shunday qasamni
buzsangiz) jazolaydi. Bas, uning kafforati o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha
taomlardan o‘nta miskinga taom berish yoki ularning sarposini qilish, yoxud bir
qulni ozod qilishdir. Kim (bu narsalarni) topa olmasa, uch kun ro‘za tutsin!
Mana shu — qasam ichgan (va uni buzgan) paytingizdagi qasamlaringiz
kafforatidir. Qasamlaringizni (buzishdan) saqlaningiz. Shukr qilishingiz uchun
Alloh sizlarga o‘z oyatlarini mana shunday ochiq-oydin bayon qilur.
90. Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar
(ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton
Do'stlaringiz bilan baham: |