oldidan kuch-qudrat izlaydilarmi?! (Ovora bo‘ladilar!) Zero, bor kuch-qudrat
Allohnikidir.
140. Axir Alloh sizlarga Kitobda: «Qachonki Allohning oyatlari inkor
qilinayotganini va masxara qilinayotganini eshitsangizlar, to boshqa gapga
o‘tmagunlaricha unday kimsalar bilan birga o‘tirmanglar», degan so‘zlarni
nozil qilgan edi-ku?! (Modomiki, ular bilan o‘tirgan ekansiz), demak, sizlar ham
shak-shubhasiz ularning o‘zisiz. Albatta, Alloh barcha munofiq va kofirlarni
jahannamga jamlaguvchidir.
141. Ular (ya’ni munofiqlar) sizlarga ko‘z tikib turadilar. Agar sizlarga Alloh
tomonidan fathu zafar bo‘lsa: «Biz ham sizlar bilan bir dindamiz-ku», deydilar.
Agar g‘alaba kofirlarga nasib bo‘lsa: «Biz sizlardan ustun bo‘lgan va sizlarni
Do'stlaringiz bilan baham: |