bo‘lgan zotdir.
59. Ey mo‘minlar, Allohga itoat qilingiz, va payg‘ambarga hamda o‘zlaringizdan
bo‘lgan (ya’ni musulmon) hokimlarga bo‘yinsuningiz! Bordiyu biron narsa
haqida talashib qolsangiz,— agar haqiqatan Allohga va oxirat kuniga
ishonsangiz — u narsani Allohga va payg‘ambariga qaytaringiz! Mana shu
yaxshiroq va chiroyliroq yechimdir.
60. (Ey Muhammad), o‘zlarini sizga nozil kilingan narsaga (Qur’onga) va sizdan
ilgari nozil qilingan narsalarga iymon keltirgan deb hisoblaydigan (ayrim)
kimsalarning shaytonga hukm so‘rab borishni istayotganlarini ko‘rmadingizmi?
Holbuki, ularga unga ishonmaslik buyurilgan edi. (Chunki) shayton ularni
butunlay yo‘ldan ozdirishni istaydi.
61. Qachon ularga «Alloh nozil qilgan Kitobga va payg‘ambar o‘gitlariga
kelinglar», deyilsa, u munofiqlarning sizdan qattiq yuz o‘girganlarini ko‘rasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |