192. Albatta (bu Qur’on) barcha olamlar Parvardigori tomonidan nozil
qilingandir.
193-194-195. (Ey Muhammad), siz (oxirat azobidan) ogoxlantirguvchilardan
bo‘lishingiz uchun qalbingizga uni (ya’ni Qur’onni) Ruhul-Amin – Jabroil ochiq-
ravshan arabiy til bilan nozil qildi.
196. Albatta (Qur’on haqidagi xabarlar) o‘tganlarning kitoblarida ham bordir.
197. Axir (Qur’on haqida) Bani Isroil olimlari ham bilishlari (Makka
mushriklari) uchun (Qur’on haqiqatan Alloh tomonidan nozil bo‘lganiga) oyat-
dalil emasmi?!
198-199. Agar Biz (Qur’onni) ajamlardan (ya’ni arab bo‘lmagan kishilardan)
biriga nozil qilsak, bas u (Qur’onni) ularga o‘qib bersa, unga ham iymon
keltirguvchi bo‘lmas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |