190. Albatta, bunda (ya’ni Shu’ayb va uning qavmi haqidagi qissada) oyat-ibrat
bordir. (Lekin odamlarning) ko‘plari iymon keltirguvchi bo‘lmadilar.
191. Shak-shubhasiz Parvardigoringizning O’zi (kofirlar ustidan) g‘olib,
(mo‘minlarga) mehribondir.
I z o h.
Ushbu surada o‘tgan payg‘ambarlar va ularning qavmlari haqidagi yetti qissa
mazkur bo‘ldi. Alloh taolo O’zining so‘nggi payg‘ambari Muhammad alayhis-salomga
Makka mushriklarining iymonsizliklaridan behad ozor chekib turgan paytlarida avvalgi
payg‘ambarlarning qissalarini so‘ylash bilan u kishiga taskin-tasalli berib, bunday
iymonsiz kimsalar ilgari ham bo‘lganini va bundan keyin ham albatta bo‘lishini bildiradi.
«Albatta bunda oyat-ibrat bordir».
Do'stlaringiz bilan baham: |