haromdir. To Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib
keladigan va Haq va’da (ya’ni qiyomat) yaqin bo‘ladigan vaqtgacha ular (ya’ni
Biz halok qilgan kimsalar) qaytmaydilar. Ana u vaqtda esa kofir bo‘lgan
kimsalarning ko‘zlari qotib: «Ey, holimizga voy, bizlar bunday (oqibatdan)
g‘aflatda edik. Yo‘q, bizlar (o‘z jonlarimizga) jabr qilguvchi bo‘ldik», (deydilar).
98. (Ey mushriklar), sizlar ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringiz ham
jahannam o‘tinlaridir. Sizlar u (jahannamga) tushguvchidirsizlar.
99. Agar (sizlar sig‘inadigan butlaringiz) xudolar bo‘lganida (jahannamga)
tushmagan bo‘lur edilar. (Bu butlar va ularga sig‘inadiganlarning) barchalari u
joyda abadiy qolguvchidirlar.
100. Ular uchun u joyda (faqat) dod-faryod qilishgina bordir. Ular u joyda
Do'stlaringiz bilan baham: |