bergan emasmiz. Bas, agar siz o‘lsangiz, ular abadiy qolurlarmi?! (Yo‘q, ular
ham mangu qolmaslar).
35. Har jon o‘limni totib ko‘rguvchidir. Biz sizlarni (sabr-toqatlaringizni sinash
uchun) yomonlik bilan ham, (shukr qilishingizni bilish uchun) yaxshilik bilan
ham «aldab» imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat Bizgagina qaytarilursizlar.
36. (Ey Muhammad), qachon kofir bo‘lgan kimsalar sizni ko‘rsalar, faqat (bir-
birlariga sizni ko‘rsatishib): «Sizlarning ilohlaringizni ayblaydigan kimsa mana
shumi?» (deyishib) masxara qiladilar xolos. Holbuki ularning o‘zlari
Parvardigorning eslatmasi Qur’ondan yuz o‘giruvchilardir.
37. (Haqiqatan) inson shoshqaloq holda yaralgandir. Yaqinda Men sizlarga O’z
oyat-alomatlarimni ko‘rgazurman (ya’ni Menga osiy bo‘lgan kimsalarni qanday
Do'stlaringiz bilan baham: |