42. (Ey Muso), sen o‘zing va og‘ang (Horun) Mening mo‘‘jizalarimni
(odamlarga) olib boringlar va Meni zikr qilib — yodingizda tutishda sustkashlik
qilmanglar!
43. Sizlar Fir’avnning oldiga boringlar, chunki («Men xudoman», deb u)
haddidan oshdi.
44. Bas, unga yumshoq so‘z so‘zlanglar! Shoyad pand-nasihat olsa yoki
(Mening qahrimdan) qo‘rqsa.
45. Ular dedilar: «Parvardigoro, darhaqiqat biz (agar uni Senga iymon
keltirishga da’vat etsak) u shoshqaloqlik (bilan bizni azobga giriftor) qilishidan
yoki battar tug‘yonga tushishidan xavfdamiz.
46. (Alloh) aytdi: «Qo‘rqmanglar. Shak-shubhasiz Men sizlar bilan birgaman –
eshitib, ko‘rib tururman.
47. Bas, sizlar uning oldiga borib: «Biz Parvardigoringning elchilaridirmiz. Sen
Do'stlaringiz bilan baham: |