37. Biz senga (go‘daklik chog‘ingda ham) yana bir karra in’om-marhamat
qilgan edik.
38. O’shanda sening onangga (shunday) vahiy-ilhom yuborgandik;
39. «Uni (ya’ni Musoni) sandiqqa solib, daryoga tashlagin. Bas, uni daryo
(to‘lqini) sohilga otsin. (Shunda) uni Mening ham, uning ham dushmani —
Fir’avn ushlab olur». (Ey Muso, barchaga suyukli bo‘lishing) va Mening hifzu
himoyamda unib-o‘sishing uchun Men sening ustingga O’z tomonimdan bir
muhabbat tashladim (ya’ni seni ko‘rgan kishi suyub qoladigan yoqimtoy bola
qildim).
40. O’shanda opang (seni daryodan ushlab olgan kishilar ortidan) yurib:
«Sizlarni bu (bola)ga kafil bo‘lib (emizadigan ayolning) oldiga olib boraymi»,
deganlarini (eslagin)! So‘ng Biz seni ko‘zlari quvonsin, g‘amgin bo‘lmasin, deb
Do'stlaringiz bilan baham: |