25. (Ey insonlar), Parvardigoringiz dillaringizdagi sirlaringizni juda yaxshi
bilguvchidir. Agar sizlar yaxshi bo‘lsangizlar (ya’ni, ota-onalaringizning
huquqlarini tanib, ularga mehribon bo‘lsangizlar. Albatta Alloh bilmasdan
qilgan gunohlaringizni mag‘firat qilur). Zero, u tavba qilguvchilarni mag‘firat
etuvchi bo‘lgan zotdir.
26. (Ey Muhammad), qavmi-qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga (xayru ehson
qilish bilan) haqlarini ato eting va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymang!
27. Chunki isrof qilguvchilar shaytonlarning do‘stlari bo‘lgan kimsalardir.
Shayton esa Parvardigoriga butunlay kofir bo‘lgandir.
28. Agar siz Parvardigoringiz tomonidan bo‘ladigan marhamatdan umidvor
holingizda (hozir qo‘lingizda bo‘lmagani sababli xayr-ehson qilish imkonini
Do'stlaringiz bilan baham: |