Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
238
20. (Ey Muhammad, bu dunyoda odamlarning) barchalariga — mana bu
(mo‘min)larga ham, anavi (kofir)larga ham Parvardigoringizning ne’matidan
ato eturmiz. Parvardigoringizning ne’mati (hech kimdan) man’ qilinmas.
21. (Bu dunyoda) ularning birovlaridan birovlarini (rizqu martabada) qanday
ustun qilganimizni ko‘ring! Shak-shubha yo‘qki, oxirat darajalari necha barobar
ulug‘ va afzalroqdir.
22. Siz yana Alloh bilan birga o‘zga biron iloh ham bor deb mazammatlanguvchi
va mahrum bo‘lib o‘tirmang!
Do'stlaringiz bilan baham: