dedi: «Yo‘q! Sizlarga havoyi-nafsingiz biron (yomon) ishni chiroyli qilib
ko‘rsatgan. Endi (mening ishim) chiroyli sabr qilmoqdir. Shoyadki, Alloh
ularning (ya’ni Yusuf, Binyamin va katta o‘g‘limning) barchalarini bag‘rimga
qaytarsa. Albatta, U zot bilim va hikmat sohibidir».
84. Keyin ulardan yuz o‘girib, dedi: «Ey bechora Yusuf-a!» G’am-alam
yutaverib u zotning ko‘zlari oqardi (ojiz bo‘lib qoldi).
85. (Shunda o‘g‘illari): «Alloh nomiga qasamki, sen to ramaqijon bo‘lib
qolguningcha yo bir yo‘la halok bo‘lguningcha Yusufni eslayveradigan
bo‘lding», dedilar.
86. U aytdi: «Men g‘amu tashvishlarimdan yolg‘iz Allohgagina shikoyat qilib
yig‘lamoqdaman va men Allohning (mehribon, rahmli ekanligi haqida) sizlar
Do'stlaringiz bilan baham: |