xayr-sadaqa qilgin. Alloh, shak-shubhasiz, (sendek) sadaqa berguvchi zotlarga
mukofotlar ato etur».
89. (Yusuf og‘a-inilarini bunday zabun holatda ko‘rgach toqat qila olmasdan)
dedi: «Yosh-nodon bo‘lgan paytingizda Yusuf va uning birodariga nima ishlar
qilganlaringizni eslaysizlar-mi?»
90. Ular: «Sen Yusufmisan?» deb so‘radilar. «Ha, men Yusufman, bu esa
birodarimdir. Alloh bizga marhamat ko‘rguzdi (ya’ni shuncha yillik ayriliq
azobidan keyin bizni yana birlashtirdi). Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan
qo‘rqib, sabru qanoat qilsa, albatta Alloh bunday chiroyli amallarni qilguvchi
kishilarning ajru mukofotini zoe qilmas», dedi u.
91. Ular dedilar: «Allohga qasamki, Alloh seni bizlardan afzal qilmishdir. Bizlar
Do'stlaringiz bilan baham: |