«Albatta biz Allohning (bandalarimiz) va albatta biz u zotga
qaytguvchilarmiz», deydigan sobirlarga xushxabar bering (ey Muhammad).
157. Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat
bordur. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir.
158. Albatta Safo va Marva Alloh (buyurgan) marosimlardandir.
I z o h.
Safo va Marva Ka’ba yaqinidagi ikki tog‘ bo‘lib, Islom kelishidan ilgari ham
arablar Ka’bani tavof qilganda ularning oralig‘ida yetti marta borib kelish (sa’y qilish)
odatlari bor edi. Shuning uchun Islom kelganidan keyin musulmonlar haj qilish
paytlarida u tog‘lar oraligida sa’y qilishdan tortinganlarida shu oyat nozil bo‘ldi.
Bas, kim haj yoki umra qilsa, u ikki tog‘ orasida sa’y qilishining gunohi yo‘qdir.
I z o h.
Haj qilish — har yili Zulhijja oyining 10, 11, 12-kunlari ihrom (maxsus kiyim)
bilan Ka’bani ziyorat qilish, Arafot tog‘ida turib tavba-tazarru va duo iltijo qilishdir. Umra
qilish — yilning xohlagan kunida Ka’bani ziyorat qilishdir. Imkoni bo‘lgan kishi hayotida
bir marta haj qilishi islomda farz bo‘lgan amallardan hisoblanadi. Umra esa sunnat
amallaridandir.
Va kim o‘z ixtiyori-la yaxshilikni niyat qilsa, bas, albatta Alloh shukr qilguvchi
Do'stlaringiz bilan baham: |