93. Faqat o‘zlari boy-badavlat bo‘lgan hollarida sizdan izn so‘raydigan
kimsalarnigina ayblashga yo‘l bordir. Ular xotin-xalaj bilan qolishga rozi
bo‘ldilar. Alloh ularning dillarini muhrlab qo‘ydi. Bas, endi (ular jihodga
chiqishda bo‘ladigan yaxshilikni) bilmaydilar.
94. Ularning oldiga qaytgan vaqtingizda (g‘azotga bora olmaganliklari uchun)
sizlardan uzr so‘raydilar. Ayting: «Uzr so‘ramanglar, sizlarga hargiz
ishonmaymiz. Alloh bizni sizlarning holi-xabaringizdan ogoh qildi. Shubhasiz,
amallaringizni Alloh va uning payg‘ambari ko‘rib turadi. So‘ngra g‘aybu
shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor ishlarning hammasini) bilguvchi zotga
qaytarilursizlar. Bas, U sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur».
95. Ularning oldiga qaytib borgan vaqtlaringizda ulardan yuz o‘girishlaringiz
Do'stlaringiz bilan baham: |