sohibidir.
98. A’robiylar orasida shunday kimsalar ham borki, qilgan sadaqasini (o‘zi
uchun) ziyon deb biladi va sizlarga (mo‘minlarga) balolar kelishiga ko‘z tutib
turadi. (Barcha) yomon balo(lar) o‘zlariga bo‘lsin! Alloh eshitguvchi,
bilguvchidir.
99. A’robiylar orasida Allohga va oxirat kuniga iymon keltiradigan va qiladigan
infoq-ehsonini Alloh dargohida qurbat (yaqinlik) hosil qilish va payg‘ambar
duosiga (musharraf bo‘lish) deb biladigan zotlar ham bor. Ogoh bo‘lsinlarkim,
o‘sha infoq-ehsonlari o‘zlari uchun qurbatdir. Alloh ularni O’z rahmatiga dohil
qilajak. Albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir.
100. Muhojir va ansorlarning birinchi peshqadamlari va ularga chiroyli amallar
bilan ergashgan zotlar — Alloh ulardan rozi bo‘ldi va ular ham Undan rozi
Do'stlaringiz bilan baham: |