bo‘lish, qiyomat kunidan esa qattiq azobga duchor qilinadilar. Alloh qilayotgan
ishlaringdan g‘ofil emasdir.
86. Ana o‘shalar oxirat o‘rniga dunyo hayotini sotib olgan kimsalardir. Bas,
azoblari yengillatilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi.
I z o h .
Yahudiy qabilalaridan Banu Qurayza Avs nomli arab qabilasi bilan, Banu Nazr
degan yahudiy qabilasi esa Avsning dushmani bo‘lgan Hazraj deb ataladigan arab
qabilasi bilan ittifoqdosh edi. Qachon Avs bilan Hazraj o‘rtasida urush bo‘lsa, yahudiylar
ham ittifoqdoshlari bilan birga urushga chiqib, o‘z dindoshlarining qonini to‘kib, mol-
mulklarini talashar edi. Holbuki, dindoshlar bir-biri bilan urushib, qon to‘kishlari Tavrotda
harom qilingandir. Endi, urush to‘xtaganidan keyin esa bir qabilaga ittifoqdosh bo‘lgan
yahudiylar ikkinchi qabilaga ittifoqdosh bo‘lgan yahudiylardan asir tushganlar bo‘lsa
tovon to‘lab qutqarib ham olardilar. Shuning uchun yuqoridagi oyatda: «Yo kitobning
(Tavrotning) bir qismiga ishonib, bir qismini inkor qilasizmi?» — deyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |