22. Ularning barchalarini to‘plab, so‘ngra mushrik bo‘lgan kimsalarga sizlar:
«(Allohning sheriklari deb) gumon qilgan butlaringiz qani?!» — deb
so‘raydigan Kunimizni (eslang)!
23. Keyin ularning aldov-yolg‘onlari faqat shu bo‘lur: «Parvardigorimiz Allohga
qasamki, bizlar mushrik emas edik».
24. (Ey Muhammad), ular (barcha sirlarni bilguvchi bo‘lgan Alloh taolo
huzurida yolg‘on so‘zlash bilan) o‘zlarini qanday aldaganliklarini va to‘qib
olgan «xudolari» yo‘q bo‘lib qolganligini ko‘ring!
25. Ulardan sizga quloq tutadiganlari ham bor, (lekin) Biz uni (Qur’onni)
anglamasliklari uchun dillarini pardalab, quloqlarini og‘ir qilib qo‘ydik. Ular bor
oyatlarni (mo‘‘jizalarni) ko‘rsalar ham, u (oyat)larga iymon keltirmaydilar.
Hattoki siz bilan janjallashgani oldingizga kelgan paytlarida ham, kofir bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |