yahudiylarga u (ya’ni Tavrot hukmlari) bilan hukm qiladilar. Ular bu kitob
ustida guvohdirlar. Bas, (ey yahudiy ulamolar), odamlardan qo‘rqmangiz,
Mendan qo‘rqingiz va Mening oyatlarimni qiymati oz narsalarga
almashtirmangiz! Kimda-kim Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan,
bas, ular kofirlardir.
45. Unda (ya’ni Tavrotda) yahudiylarga jonga jon, ko‘zga ko‘z, burunga burun,
quloqqa quloq, tishga tish va (yana boshqa barcha) jarohatlarga ham qasos
olinadi, deb yozib qo‘ydik. Endi kim uni (ya’ni qasosni) kechib yuborsa, o‘zi
uchun kafforat (ya’ni gunohlarni o‘chirib yuboruvchi) bo‘lur. Kimda-kim Alloh
nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular zolimlardir.
46-47. Ularning izlaridan o‘zidan oldingi Tavrotni tasdiqlovchi bo‘lgan Iyso
Do'stlaringiz bilan baham: |