keyin o‘zlaringiz kelishib olishingizda (ya’ni ular o‘z ixtiyorlari bilan haqqi
mahrlaridan kechib yuborishlarida) sizlar uchun gunoh yo‘qdir. Albatta Alloh
bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.
25. Sizlardan kimda-kim ozod mo‘mina ayollarga uylanish imkoniyatiga ega
bo‘lmasa, qo‘llaringizdagi mo‘mina cho‘rilardan biriga uylanaversin. Alloh
iymonlaringizni juda yaxshi bilguvchidir. Birovingiz birovingizdandirsiz (ya’ni
hammangizning aslingiz bittadir). Bas, ulardan o‘zlarini saqlagan, fohishalik
qilmagan va maxfiy o‘ynashlar tutmaganlariga hojalarining izni bilan
uylanaveringlar va mahrlarini to‘kis qilib beringlar! Endi erga tekkach, agar
buzuqlik qilsalar, ularga ozod ayollarga beriladigan azobning yarmi berilur. Bu
(ya’ni cho‘rilarga uylanish ruxsati) orangizdagi buzilib ketishdan qo‘rqqan
Do'stlaringiz bilan baham: |