jonga qilgan amali uchun to‘la jazo beriladi va hech kimga zulm qilinmaydi.
282. Ey mo‘minlar, bir-birlaringiz bilan qarz muomalasini qilsangiz, yozib
qo‘yinglar! Oralaringizda bir kotib adolat bilan yozsin! Hech bir kotib Alloh
bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin! Zimmasida qarzi bo‘lgan
kishi yozdirsin — Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqsin va u qarzdan biron
narsa kamaytirib yozmasin! Agar zimmasida qarzi bo‘lgan kishi aqlsiz yo ojiz
(yosh bola yo juda keksa) bo‘lsa, yoki (kar, soqovligi yo til bilmasligi sababli
aytib turib) yozdirishga qodir bo‘lmasa, uning homiy vakili adolat bilan
yozdirsin! Va sizlar rozi bo‘ladigan (adolatli) guvohlardan ikki erkak kishini,
agar ikki erkak topilmasa, bir erkak va ikki ayolni — biri unutib adashsa, yana
Do'stlaringiz bilan baham: |