259. Yoki bir zot (Uzayr payg‘ambar) haqidagi masalni (bilmadingizmiki), u zot
tomlari yiqilib huvillab qolgan bir qishloqdan o‘tarkan: «Alloh bu xarob bo‘lgan
qishloqni qanday tiriltirar ekan-a?» dedi. Shunda Alloh uni yuz yil muddatga
o‘ldirdi. So‘ngra tiriltirib so‘radi: «Qancha muddat (o‘lik holda) turding?» «Bir
kun yo yarim kun», dedi u. Alloh dedi: «Yo‘q, yuz yil turding. Taom va
ichimligingga qara — buzilgan emas. Endi eshaginga (chirib, suyaklari ajrab
ketganini) ko‘rgan. (Bu hodisani Allohning hudratini ko‘rsatish) va seni
odamlar uchun oyat — ibrat qilish uchun (keltirdik). Bu suyaklarni qanday
tiklab, so‘ng ularni go‘sht bilan qoplashimizni ko‘rgan. Qachonki unga bu
narsalar aniq ko‘ringach: «Albatta Alloh hamma narsaga qodir ekanini
bilaman», dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |