23. Fir’avn dedi: «Barcha olamlarning Parvardigori (deganing) nimasi yana?»
24. (Muso) aytdi: «U agar ishonadigan bo‘lsanglar, osmonlar va yerning hamda
ularning orasidagi barcha narsalarning Parvardigori — hojasidir».
25. (Fir’avn) atrofidagi (a’yonlar)iga: «Quloq solmaysizlarmi?», deb (masxara
qildi).
26. (Muso) aytdi: «U sizlarning ham, o‘tgan ota-bobolaringizning ham
Parvardigoridir».
27. (Fir’avn) dedi: «Sizlarga elchi qilib yuborilgan bu payg‘ambaringiz shak-
shubhasiz jinnidir».
28. (Muso) aytdi: «Agar aql yurgizuvchi bo‘lsangizlar, U mashriq va mag‘ribni
hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarning Parvardigoridir».
Do'stlaringiz bilan baham: |