qachon (idda) muddatlari bitsa ular o‘z xususlarida yaxshilik bilan qilgan
(boshqa turmush qurish xususidagi) ishlarida sizlar (ya’ni o‘lgan erining
urug‘lari) uchun gunoh yo‘qdir. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
235. U ayollarga (ya’ni, erlari o‘lib, idda saqlab turgan ayollarga) sovchilikni
ishora qilishingizda yoki ichlaringizda (sovchilik haqida) o‘ylashingizda sizlar
uchun gunoh yo‘q. Alloh sizlar u ayollarga (sovchilik haqida) zikr qilishingizni
bildi. Lekin ular bilan xufyona va’dalashmangiz! Faqat yaxshi gaplar
gapirishingiz (joizdir). To idda muddati bitmaguncha nikoh bog‘lashga qasd
qilmang! Va bilingizki, albatta Alloh ichlaringizdagi narsani biladi. Bas, Uning
(azobidan) ehtiyot bo‘ling! Va bilingizki, albatta Alloh mag‘firatli, haliymdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |